Ishlar yaxshi ketayotgan paytda ham, ba'zida odam negadir o'zini baxtsiz his qiladi, hayotidan hech qachon qoniqmaydi. Chunki yurakda dard bo'lsa, inson to'liq baxtga erisha olmaydi. Baxtga erishishda ma'naviy-axloqiy omillar muhim rol o'ynaydi. Qo‘lingizda ushlab turgan kitobda baxt, ko‘ngil xotirjamligi, oilaviy totuvlik, salomatlik sirlari haqida so‘z boradi. Siz, azizlar, hayotning mazmuni, baxt mezonlari va sog‘lom turmush tarzi haqida dildan dilga suhbatlashish niyatidamiz.

