Maktabgacha yoshdagi bolalarga mo'ljallangan mazkur kitob uch qismdan iborat. Uning birinchi qismi - «Atrofimizdagi olam» farzandingizni atrof-muhit, hayvonot olami hamda predmetlar bilan tanishtirish yordamida uning ongi rivojlanishiga, bilim darajasi oshishiga, og'zaki nutqini o'stirishga yordam beradi. «Bilimlar olamiga sayohat» qismi esa lotin yozuvidagi «Alifbo»ni o'rgatishdan boshlanadi. «Alifbo»dagi unli tovushlar qizil, undosh tovushlar esa havorangda berilgan. Har bir harf bilan boshlanuvchi maqollar, o'n raqami ostidagi hisoblashlar bola tafakkurini kengaytirishga yordam beradi. Kitobning uchinchi «O'zim o'qiy olaman» qismidagi ayrim hikoyalar bo'g'inlab o'qish yordamida berilgan. Bu farzandingizni ushbu mavzuni tezda o'qiy olishiga ko'maklashadi. Hurmatli ota-onalar! Farzandingiz ushbu kitobdan foydalanib, o'z bilimini oshirishida yaqindan yordam berasiz, degan umiddamiz. Bu ishda sizga omad tilaymiz!

