Maks Otto fon Shtirlits (polkovnik Maksim Maksimovich Isayev) millionlab kitobxonlar mehrini qozonib, chinakam xalq qahramoniga aylandi. U haqda latifalar aytishadi va uning prototiplari haqida bahslashishda davom etishadi. Shtirlits haqidagi aksariyat kitoblar ekranlashtirilgan, "Bahorning o‘n yetti lahzasi" telefilmi esa mamlakatimizda eng sevimli va ommabop filmlardan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda.

