Ushbu kitobda adabiy til bilan iste'moldagi til shu qadar uyg'unlashib ketganki, bu borada maktab yaratib ketgan ustozlar an'anasi davom etayotganini yaqqol his qilasiz. Mutolaa davomida adib yashagan muhitga tushib qolasiz, nafas olasiz, his qilasiz.
Bahodir Qobulning «Bog'dagul» asari tanlab o'qiydigan kitobxonlarga mo'ljallangan.
Millat tarbiyasi onalar qoʻlida, quchog'ida, allasida ekan, ayollar qadr-qimmati bag'oyat ulug'ligini qadim va buyuk elimizning har bir a'zosi anglashi shart. Turkiy xalqning barhayot toza ruhini tuyish uchun mazkur asarni o'qing.

