Feride bir necha daqiqa jim yotdi. Birozdan soʻng dori oʻz kuchini koʻrsatib, uyqu butun tanasini zabt etdi. Tush koʻrdi. Chuqurga yiqildi, qayerlardadir Kamron chaqirayotgandek tuyuldi. Feride koʻzlarini ochib, oʻzini gullar barq urib ochilgan oʻrmon oʻrtasidagi yalanglikda koʻrdi. Rang-barang gulgʻunchalar shamolda ohista tebranib turardi. U nimaga bunday qilayotganini tushunmagan holda gullarni uzib, guldasta yasashga tushdi. Chiroyli guldasta kattaligidan ogʻirlik qila boshladi...

