• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil
• Muqova: yumshoq
• Tuzuvchilar: Shohrux Tursunmurodov
• Sahifalar soni: 176
• Til: o'zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
“Badiiyat kaliti” — milliy sertifikat imtihoni uchun o‘qilishi lozim bo‘lgan badiiy asarlar tavsifi va tahlilini jamlagan qo‘llanma. Kitob asosan abituriyentlar hamda adabiyotga qiziquvchi kitobxonlar uchun mo‘ljallangan. Unda asarlarning voqealar rivoji, asosiy qahramonlari, obrazlar o‘rtasidagi munosabatlar, g‘oyaviy mazmuni va ramziy ma’nolari tushunarli tarzda yoritiladi.
Qo‘llanma o‘qilgan asarlarni tizimli takrorlash, qahramonlar va voqealarni bir-biridan farqlash, muhim tafsilotlarni esga tushirish hamda asar yuzasidan mustaqil xulosa chiqarishga yordam beradi. Abituriyent uchun u tayyorgarlik jarayonini tartibga soluvchi manba, kitobxon uchun esa mutolaa davomida e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlarni ko‘rsatuvchi hamrohdir.

