BaByliss PRO M2941E Croco Clip — soch kesish, bo'yash yoki turmaklash jarayonida sochlarni kerakli holatda ishonchli fiksatsiya qiluvchi professional sartaroshlik qisqichlaridir. Sochni qisish joylaridagi maxsus tishli shakli va ikkitalik sharnirlarning (ikki bosqichli mexanizm) mavjudligi soch tolalarini maksimal darajada mustahkam ushlab turishni va ularning qimirlamasligini ta'minlaydi.
Har bir qisqichning uzunligi 11 santimetrni tashkil qiladi. Ularning maxsus shakli har qanday turdagi sochlarni, hatto eng qattiq yoki jingalak sochlarni ham bir xil samaradorlik bilan ushlab turish imkonini beradi.
BaByliss PRO Croco Clip qisqichlari stayling, sochni ochish (osvetleniye) yoki bo'yash uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalarga chidamli bo'lgan mustahkam plastikdan tayyorlangan. Ularni yuvish juda oson, prujinalari esa suvdan qo'rqmaydi va zanglamaydi. Bundan tashqari, BaByliss PRO qisqichlari — ish joyini bezatadigan, mijozlar e'tiborini tortadigan, qulaylikni oshiradigan va ish jarayonidagi ortiqcha harakatlardan xalos etadigan professionallarning brend aksessuaridir.
Jamlanma tarkibi: 6 ta qisqich

