Ushbu monografiyada o'quvchi o'zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishi davrida jamoat tartibi va osoyishtalikni saqlash borasida ma’lumot beruvchi ko'plab tarixiy faktlarni topadi. O'quvchilar e'tiboriga havola etilayotgan mazkur kitob O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tarixiga oid ma'lum darajada mavjud bo'shliqni to'ldiradi va dastlab Turkiston ishchi-dehqon militsiyasining paydo bo'lishi, uning xalqimiz erishgan yutuqlarni himoya qilish uchun kurashi, mustaqillik arafasi hamda mustaqil O'zbekiston Respublikasi IIO tuzilmasi va faoliyati haqidagi tasavvurlarimizni kengaytirishga yordam beradi.

