• Bu roman — mehr, sabr, ota-onalikka ehtiyoj va inson qalbining nozik kechinmalari haqida. Asarni o‘qigan har bir kitobxon unda beg‘ubor bolalik, orzu va kechirimning haqiqiy ma’nosini his etadi.
• Inson qalbining eng sof burchaklarini aks ettiradi. Har bir o‘quvchini bolalik xotiralari sari qaytaradi. Mehr, sabr va kechirimning haqiqiy qadrini his ettiradi. Bolalar va kattalar uchun birdek ibratli asar.
• Muallif haqida: Joze Mauro de Vasconselos — braziliyalik yozuvchi, aktyor va rassom. “Azizim Po‘rtaxol” uning eng mashhur asari bo‘lib, dunyoning 30 dan ortiq tiliga tarjima qilingan.
Ushbu kitob birinchi navbatda bolalarga atalgan bo‘lsa-da, aslida kattalarning muammolariga taalluqlidir. Aniqrog‘i, kattalarning muammolari bolalarga salbiy munosabat ko‘rsatishga ta’sir etmasligi uchun nima qilish kerakligi haqida. Mazkur asar kattalarga bolani qay tarzda baxtiyor etish mumkinligini o‘rgatadi.
Asar qashshoq oilada ulg‘ayayotgan, juda sho‘x va o‘ta sezgir bola — Zezéning hayoti haqida hikoya qiladi. Zezé ko‘p xato qilsa-da, aslida juda mehribon va orzulari katta bola. U ko‘pincha oilasidan mehr topa olmaydi, shu bois uydagi kichkina po‘rtaxol daraxtini o‘zining yaqin do‘sti sifatida tasavvur qiladi va unga dardini aytadi.

Zezéning hayotida yana bir muhim inson paydo bo‘ladi — Portuga (Mingel Vaskonselos) laqabli keksa odam. U Zezéga mehribonlik qiladi, unga hayot haqida saboq beradi. Ammo keyinchalik Portuga vafot etadi va bu voqea Zezéning qalbini chuqur iztirobga soladi. Shu tariqa bola hayotning og‘ir va achchiq haqiqatlari bilan ilk bora to‘qnashadi.



