Taniqli turk adibi Aziz Nesin allaqachon xalqimizning qalbidan joy olgan. Uning pishiq-puxta, yumorga boy tili, hayotga teran qarash va ijtimoiy muammolar ildiziga nazar tashlash qobiliyati koʻpchilik tomonidan e'tirof etiladi. Qo'lingizdagi kitobga yozuvchining sara hikoyalari kiritilgan. Uni o'qish chin adabiyot muxlislariga olam-olam zavq bag'ishlaydi degan firkdamiz.

