Bu kitob og‘ir qiyinchiliklarni yuksak azimat bilan yengib, ilm yo‘lida sobit turgan, taqdirning jiddiy sinovlari va bedavo dardlariga qaramay, ilm-ma’rifatda yuksak cho‘qqilarga erishgan buyuk insonlarning matonati haqida hikoya qiladi.
✅ Matonat va azimat egalarining hayoti har qanday o‘quvchini shukrga, tafakkurga, harakatga, o‘z ustida ishlashga, har qanday og‘ir holatda ham umidsiz bo‘lmaslikka undaydi. Bunday go‘zal ibratlar ne’matlarga ko‘milib turib ham nuqul nolib yashaydigan odamlarni sustkashlik va tushkunlikdan chiqarib, ularni maqsad sari qat’iy qadam tashlashga, og‘ir damlarda ham ortga chekinmaslikka chorlaydi.

