Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin!
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga durud va salovotlar bo‘lsin!
Alloh taolo O‘zining ilohiy hikmati ila barcha maxluqotlarni, jumladan, insonlarni turli shakl va tabaqalarda yaratadi. Bu sinov dunyosining xususiyatlaridan bo‘lib, har kim o‘ziga berilgan qog‘oz bo‘yicha imtihon topshiradi. Odil Hakam Zot kimga nima bergan bo‘lsa, unga berganiga yarasha talab qiladi, uni shu asosda imtihon qiladi va mukofotlaydi. Bu ham U Zotning adolatidandir.

