«Ajal chorlagan kun» — Normurod Norqobilovning inson qalbidagi murakkab kechinmalar, muhabbat, vafo, sog‘inch va hayotdagi sinovlarni yorituvchi badiiy asaridir.
Kitobdagi shu nomli qissada Yovqur ismli itning taqdiri hikoya qilinadi. Voqealar uning hayotining so‘nggi kunlari va o‘tmish xotiralari asosida tasvirlanadi. Yovqur hayoti davomida turli insonlarni ko‘radi, ularning fe’l-atvori va munosabatlarini kuzatadi. U og‘ir sharoitlarda yashashga majbur bo‘lsa-da, erkinlikni va o‘zi tug‘ilib o‘sgan keng dala-dashtlarni sog‘inadi.
2024-yilgi «Ochun» nashrida «Uch sariq gul» va «Tog‘ odami» qissalari ham kiritilgan. Muallif ushbu asarlar orqali muhabbat, vafo, tantilik va sog‘inch kabi insoniy tuyg‘ularni qahramonlar taqdiri orqali ochib beradi.

