A’zam O‘ktam (1960–2002) iste’dodli shoir, noshir, sharhlovchi, tajribali tarjimon va o‘ziga xos ovozga ega bo‘lgan ishtiyoqli muharrir edi. Uning "Kuzda kulgan chechaklar," "Ziyorat," "Taraddud," "Ikki dunyo saodati," "Qirqinchi bahor" kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. "Xabar" hikoyasi "Sharq yulduzi" jurnalida chop etilgan (1995).
A’zam O‘ktamni ijodkor va inson sifatida bilgan hassos ustozlarimizdan biri u haqda shunday degan edi: ..."u o‘z tengdoshlari orasida, avvalo, halolligi bilan ajralib turardi. So‘ngra o‘zining sadoqati bilan, so‘ngra vazminligi va kamtarligi bilan... Agar A’zam va unga o‘xshaganlar hayot bo‘lganida edi, dunyomiz yanada go‘zalroq bo‘lardi. Uning she’rlari ham halollik namunasi edi.

