Ko'pchilikka ma'lum bo'lganidek kundalik hayotda barchamiz turlicha diniy iboralar eshitamiz. Meros, vasiyat, farz, vojib, muboh, makruh, mustahab, din, fiqh va boshqalar bularga misol bo'la oladi.
Muzokaralarda ham asosan kelishmovchiliklar mana shunday iboralarning ta'rifi to'g'risida bo'lib, hozirgi kunda o'zimiz yashab turgan jamiyatlarda hamfikrlikni, hamjihatlikni, hamsuhbatlikni va zamondoshlikni taminlashning yo'llaridan biri sifatida bunday iboralarning izohlanishi va misollar bilan boyitilishi zaruriyat kasb etmoqda. Ko'rilgan shu extiyojga binoan islom huquqining asosiy iboralari izohlanib ushbu asarda misollar bilan tushuntirishga harakat qilindi. G'ayrat bizdan, lutf, karam va yordam esa Allohdandir.

