O'zbekistinda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, O'zbekiston xalq yozuvchisi Ibrohim Rahimning hikoya va ocherklari, qissa va romanlari, publisistik maqola va kinossenariylari o'zbek adabiyoti va san'ati xazinasidan munosib o'rin egallagan.
Keksa va yosh avlod kishilarining to'laqonli obrazi yaratilgan "Ayrilmas do'stlik" nomli hikoyalar to'plamida hayot yo'llari har xil bo'lsa ham bir taqdir bilan tutilgan insonlar, ularning yuksak ma'naviy qiyofasi madh etiladi. Asosan Ikkinchi jahon urushi yillari va undan keyingi davrni qamrab olgan bu hikoyalarda qalamga olinuvchi obrazlar hayotiy va badiiy jihatdan pishiq, ular o'quvchida xayrixohlik uyg'ota oladi.
ISBN: 978-9910-9463-1-8
Qog’oz formati: A5
Muqovasi: Yumshoq
Betlar soni: 260
Nashriyot: Pharos-ambition
Chop etilgan yili: 2024
Til: O'zbekcha
Yozuv: lotin
Muallif: Ibrohim Rahim

