«Ayriliqdan bir qadam oldin» — Ahmad Medhatning muhabbat va insoniy munosabatlar haqidagi romani. Hayot sinovlari, tushunmovchiliklar va aytilmagan gaplar bir-birini sevgan insonlarni ayriliq ostonasiga olib keladi.
Asarda sevgi, iztirob, sadoqat va xiyonat mavzulari qahramonlarning ichki kechinmalari orqali yoritiladi. Roman sevish bilan birga bir-birini eshitish va tushunish haqida mulohaza qilishga undaydi. Psixologik hamda falsafiy ruhdagi badiiy asarlarni yoqtiradigan kitobxonlar uchun.

