Ushbu kitob beshta bo'limdan iborat bo'lib, unda tarixda o'tgan mashhur ayollarning tarjimai hollari keltirilgan. Ular Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning onalari, Oisha onamiz, Xadicha binti Xuvaylid, qizlari Zaynab, Ummu Kulsum, Ruqayya va kenja qizlari Fotima binti Muhammadlarning hamda Qur'onda ismi kelgan ayollar, ilmda, she'rda, fiqhda olima bo'lgan ayollardir. Kitob zamonaviy ayol-qizlarga o'zlikni anglash va ma'naviy kamolotga erishishda yaqindan yordam beradi.

