Ushbu kitobda islom va jahon tarixida o'chmas iz qoldirgan, sabri, ibosi, ilmi hamda go'zal axloqi bilan namuna bo'lgan fozila ayollarning hayot yo'li yoritilgan. Muallif Malohat Komilova ayollarga tarixdagi mo'tabar shaxslar hayotidan hayotiy va ma'naviy ibratlar keltirib o'tadi. Kitob zamonaviy ayol-qizlarga o'zlikni anglash, oilada va jamiyatda to'g'ri mavqega ega bo'lish hamda ma'naviy kamolotga erishishda yaqindan yordam beradi.

