Ushbu taqinchoq yuqori sifatli tibbiy qotishmadan (meditsinskoye zoloto) tayyorlangan boʻlib, tashqi koʻrinishidan sof oltindan ajralib turmaydi. Yuqori qismi va yon tomonlari yaltiroq sirkon (kubik sikroniy) toshlari hamda milliy-klassik naqshlar bilan bezatilgan.
Sirgʻa kundalik taqish uchun ham, maxsus bayram va marosimlar uchun ham juda mos keladi. Material antiallergen xususiyatga ega boʻlib, terini qichitmaydi, rangini tezda yoʻqotmaydi va uzoq vaqt davomida oʻzining yaltiroqligini saqlab qoladi.

