Ayollar uchun zamonaviy sport uslubidagi ikki qismli kiyim to‘plami kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan. To‘plam kapyushonli, old qismi zamok bilan yopiladigan uzunroq коftа va keng bichimli shimdan iborat. Kofitaning old qismida qulay keng cho‘ntaklar mavjud bo‘lib, yenglarida uch qator oq rangli dekorativ chiziqlar joylashgan. Kofta uzunligi son qismini yopib turadigan shaklda tikilgan. Kapyushon va bog‘ichlari kiyimga sportcha ko‘rinish beradi. Shimning yon qismida uch qator oq rangli chiziqlar mavjud.
Shim kengroq bichimda bo‘lib, pastki qismi rezinkali va bog‘ichli tarzda ishlangan. Kiyimning neytral kulrang-bej rangi turli xil oyoq kiyim va aksessuarlar bilan moslashtirish imkonini beradi. To‘plamni sayr qilish, kundalik ishlar, xarid qilish, safar va boshqa qulay kiyinishni talab qiladigan holatlarda kiyish mumkin. Hijob bilan ham mos keladigan ushbu model erkin va yopiqroq kiyinish uslubini afzal ko‘ruvchi ayollar uchun qulay variant hisoblanadi.

