- Turi: Eau de Parfum.
- Kim uchun: uniseks — ayollar va erkaklar uchun.
- Hid yo‘nalishi: iliq, yog‘ochsimon, ziravorli va shirin.
- Boshlang‘ich nota: za’faron.
- Yurak notalari: lavanda va shakarlangan kashtan.
- Asosiy notalari: sandal daraxti, vanil va kedr.
Hidi qanday? Avval za’faronning biroz achchiq, ziravorli ohangi seziladi. Keyin lavanda va kashtanning shirinligi ochilib, yakunda yumshoq, qaymoqsimon sandal hamda iliq vanil qoladi. Shirinligi bor, lekin yog‘och va ziravorlar uni muvozanatlashtiradi.
Qachon mos: iliq va boy hidlarni yoqtiradiganlar uchun, ayniqsa kuz-qish hamda kechki uchrashuvlarga mos deb tavsiya qilaman. Turg‘unligi va shleyfi teri, ob-havo va sepish miqdoriga bog‘liq.

