- Hid xarakteri: sitrusli, gulli, mayin pudrali.
- Boshlang‘ich notalar: laym, qizil apelsin, qizil mandarin, limon va bergamot.
- Yurak notasi: tiare guli.
- Asosiy notalar: sandal daraxti va pudrali mushk.
Hidi qanday? Shirali sitruslar bilan yorqin va tetik ochiladi. Keyin tiare gulining yumshoq ifori sezilib, sandal va mushkning mayin, pudrali ohanglariga o‘tadi. Yengil shirinlik va tetiklik uyg‘unlashgan.
Qachon ishlatish: hid xarakteriga ko‘ra bahor-yoz, kundalik foydalanish va iliq oqshomlardagi uchrashuvlarga mos.

