Yozning issiq kunlarida ham nafis, ham qulay ko‘rinishni istaysizmi? Ushbu yarusli (qavatli) uzun yubka sizning garderobingizdagi eng sevimli libosga aylanadi. U o‘zida "Boho" erkinligini va klassik ayollik jozibasini birlashtirgan.
Nima uchun ushbu yubkani tanlash kerak?
Havo o'tkazuvchan mato: Yubka o'ta yengil va yumshoq matodan tikilgan bo'lib, teriga yoqimli teginadi va eng issiq havod ham salqinlik hissini beradi.
Universal o'lcham va qulaylik: Bel qismidagi keng va elastik rezinka qorin qismini siqib qo'ymaydi, bu esa uni turli o'lchamdagi qomat egalari uchun (jumladan, bo'lajak onalar uchun ham) juda qulay qiladi.
Trenddagi "Gulli print": Mayda gullar — hech qachon urfdan qolmaydigan klassika. U obrazingizni vizual ravishda yengil va romantik ko'rsatadi.
Yarusli dizayn: Yubkaning qavat-qavat bo'lib tushishi harakatlanganda chiroyli tebranadi va qadamlaringizga o'zgacha joziba bag'ishlaydi.
Qanday kiyish tavsiya etiladi?
Yubkani oddiy oq futbolka va kedalar bilan kiyib "Casual" uslubini, yoki nafis top va sandallar bilan birlashtirib kechki romantik obrazni yaratishingiz mumkin.

