Ayollar va qizlar uchun zamonaviy uzun kofta — nafis kashta gullari va chiroyli naqshlari bilan ajralib turadi. Keng va qulay bichimi tufayli kundalik kiyishda ham, mehmondorchilik va bayramlarda ham kiyish uchun mos. Old qismidagi tugmalari, yoqali dizayni va bezakli gullari mahsulotga o‘zgacha ko‘rinish beradi. Uzunligi 103 sm. Old va orqa qismlari yon tomonlariga nisbatan 3–4 sm kaltaroq. Mavjud razmerlar: 52, 54, 56, 58. Oq, ko‘k va to‘q orange ranglarda mavjud. Shim bilan uyg‘unlashtirib, zamonaviy va chiroyli obraz yaratish mumkin.

