Ayollar uchun zamonaviy yozgi sportivka qulay bichimi va chiroyli dizayni bilan ajralib turadi. Komplekt kalta yengli, baland yoqali va old qismi zamok bilan yopiladigan ustki kiyim hamda keng bichimli shimdan iborat. Yenglari va shim yon tomonidagi kontrast chiziqlar kiyimga sportcha va zamonaviy ko‘rinish beradi. Ustki kiyimning yon cho‘ntaklari kundalik foydalanishda qulaylik yaratadi. Sayr, dam olish, safar va kundalik kiyinish uchun mos. Bir nechta chiroyli ranglarda mavjud. O‘lchamlari: 46, 48, 50, 52, 54. Yumshoq mayin materiali tanangiz uchun mos tanlov. Havo o'tkazadi, kirishmaydi va katushka bo'lmaydi.

