Ayollar uchun zamonaviy yozgi dvoyka kostyum nafis va qulay kiyinishni yoqtiradigan ayollar uchun ajoyib tanlov. To‘plam ustki kiyim va keng bichimli shimdan iborat. Klassik yoqa, bezakli tugmalar va belbog‘ kostyumga o‘ziga xos ko‘rinish beradi. Yengil va erkin bichimi kundalik kiyinish, ishga borish, mehmondorchilik, uchrashuv va bayramlar uchun mos. Qora, oq, qizil, pushti va havorang kabi ranglar bilan turli obrazlar yaratish mumkin. Sevimli oyoq kiyim va sumkangiz bilan uyg‘unlashtirib kiying.

