Ayollar uchun qomatga yopishib turuvchi, qovurg‘asimon to‘qimali, yon tomoni kesimli ko‘ylak (ochiq chokli). Kundalik uslubning namunasiga aylanadigan yengil va qulay ko‘ylak. Ushbu ko‘ylak bleyzer bilan uyg‘unlashtirilganda ishga kiyish uchun mos keladi. Ishdan so‘ng esa uning yengil va yoqimli matosi sayr paytida qulaylik hamda harakat erkinligini ta’minlaydi. Oyog‘i ochiq (kesimli) va qomatga yopishib turadigan ko‘ylak sizga o‘zgacha uslub bilan ajralib turishga yordam beradi. Maksi uzunlik — hech qachon urfdan qolmaydigan klassik tanlov. Ushbu trikotaj ko‘ylak sayohatlar, uchrashuvlar va bazmlar uchun ayni muddaodir. Ushbu model S (44), M (46), L (48) va XL (50) o‘lchamlarda mavjud.

