O'zingizdagi kuchni kashf eting!
Siz buyuk ishlarga qodirsiz. O‘zingizga bo‘lgan ishonchni uyg‘otuvchi, tetiklashtiruvchi gulli ifor bilan buni butun borlig‘ingizcha his eting!
ASOSIY NOTALAR
- MANDARIN: Mandarinning yorqin, yangi va sershira sitrusli notasi birinchi nafasdanoq tarovatli jilo bag‘ishlaydi. Ushbu ifor tuyg‘ularni energiya va g‘ayrat bilan to‘ldiradi.
- TUBERODA (TUBEROZA): Asal ohanglariga ega bo‘lgan dadil gulli nota iforning boyligini ta’kidlaydi, tuyg‘ularda ishonch va ifodalilikni uyg‘otib, sizni jasoratli qadamlarga ilhomlantiradi.
- OQ AMBRA: Nafis va shu bilan birga tinchlantiruvchi mushkli hamda yog‘ochli tuslar jozibali Oq ambraga betakror boylik va kuch bag‘ishlaydi. Ishonch tuyg‘usi bilan bog‘lanib, u mamnuniyat hissini uyg‘otadi — bu hayotingiz yo‘lidagi har bir muvaffaqiyatni nishonlash kerakligini eslatuvchi yoqimli xotiradir.
- Ifor turi: gulli, mevali
- Iforning o‘rtacha konsentratsiyasi
- Parfyumer: Kleman Gavarri
O‘lchamlari: Uzunligi 143 mm, Balandligi 35 mm, Chuqurligi 43 mm, Vazni 0.178 g.
Mahsulotning to‘liq nomi: Greater tualet atiri.
Afzalliklari va Olfaktiv piramidasi (Notalari)
- Yuqori notalar: nok, limon, mandarin
- Qalb notalari: tuberoda, marvaridgul (landish), gul (atgul)
- Asosiy (baza) notalar: benzoin, oq ambra, kedr