Versace Bright Crystal — bu nafislik, tazelik va mukammal stilni qadrlaydigan ayollar uchun yaratilgan nafis va jozibali ifor. Kompozitsiyaning dastlabki akordlari anorning sersuv tarovati, muzli yuzu va salqin notalar bilar insonni rom etib, kun bo'yi tetiklik va yengillik bag'ishlaydi. Parfyumning «yuragi»da ochiladigan pion, asil lotos va nafis magnoliya guldastasi sizning obrazingizga alohida latofat va romantik ruh bag'ishlaydi.
Iforning yakuniy notalarida issiq ambra, musk va qizil yog'ochning mayin va jozibali tarvati namoyon bo'lib, ortingizdan unutilmas iz qoldiradi. Versace Bright Crystal har kungi foydalanish uchun ham, maxsus kechalar uchun ham juda mos keladi hamda sizning tabiiy go'zalligingiz va o'zingizga bo'lgan ishonchingizni yorqin namoyon etadi.

