Ayollar uchun uzun, issiq va yumshoq ko‘ylak — kuz va qish mavsumi uchun qulay tanlov.
Kundalik kiyinish uchun mo‘ljallangan ushbu uzun ayollar ko‘ylagi nafis va zamonaviy dizayni bilan ajralib turadi. Yumshoq, qalin matosi tanaga yoqimli bo‘lib, salqin kunlarda iliqlik va qulaylikni ta’minlaydi. Oddiy, bir xil rangli (odnotonniy) fasoni tufayli ko‘ylakni turli aksessuarlar va oyoq kiyimlar bilan osongina uyg‘unlashtirish mumkin.
Ko‘ylakning uzun bichimi, chiroyli oq kant bilan bezatilgan old qismi va yenglaridagi nafis detallar unga o‘ziga xos ko‘rinish beradi. Yon tomonlaridagi qulay cho‘ntaklari kundalik foydalanishda yanada asqatadi. Erkin bichimi harakatlanishga xalaqit bermaydi va o‘zini qulay his qilishni istaydigan ayollar uchun mos keladi.
Qora, to‘q qizil va jigarrang ranglarda taqdim etilgan ushbu model turli did va uslublarga mos tushadi. Klassik va zamonaviy ko‘rinishni yoqtiradigan ayollar, qizlar hamda katta o‘lchamli kiyim izlayotgan xaridorlar uchun ajoyib tanlov.
Afzalliklari:
Mavjud o‘lchamlar: 48–58.
Ushbu issiq uzun ko‘ylakni kundalik hayotda, sayrda, mehmondorchilikda yoki uyda kiyish mumkin. Soddaligi, qulayligi va zamonaviy ko‘rinishi bilan garderobingizdagi sevimli kiyimlardan biriga aylanishi mumkin.

