Yorqin va zamonaviy Beauty Box sovg'a to'plami — har bir ayol va qiz uchun ajoyib kashfiyot! Ushbu to'plam makiyaj va yuz parvarishi uchun eng kerakli bo'lgan 10 ta sifatli mahsulotni o'z ichiga olgan. Chiroyli pushti sovg'a qutisida taqdim etilgan ushbu to'plam tug'ilgan kun, bayramlar yoki shunchaki yaqinlaringizni xursand qilish uchun eng ideal tanlovdir.
To'plam tarkibiga kiradi:
• Yuzni chuqur namlantiruvchi va oziqlantiruvchi 2 xil varaqli maska
• Terini teshikchalarini tozalovchi va qora nuqtalardan xalos etuvchi 1 ta qora maska
• Tone va krem vositalarini bir tekis surish uchun yumshoq makiyaj sponji
• Kipriklarga maksimal hajm va uzunlik beruvchi qora tush
• Nigohni yanada o'tkir va jozibador qiluvchi ko'z uchun suyuq podvodka
• Lablarga nafis rang va yumshoqlik beruvchi lab bo'yog'i (pomada)
• Qo'l terisini namlantiruvchi va xushbo'y hid beruvchi parfyumlangan qo'l kremi
• Sochlarni chiroyli va mustahkam tutib turuvchi zamonaviy gul shaklidagi soch qisqichi (krabik)
• Barcha mahsulotlarni jamlagan zamonaviy pushti sovg'a karobkasi
Ushbu to'plam har bir qizning kundalik parvarishi va mukammal makiyaj yaratishi uchun zarur bo'lgan barcha asosiy vositalarni birlashtiradi. Tayyor sovg'a ko'rinishida bo'lgani sababli, qo'shimcha o'rash talab etilmaydi. O'zingiz va yaqinlaringizga haqiqiy go'zallik kayfiyatini ulashing!
10 ta 1 da to'plam: Kundalik makiyaj, yuz parvarishi va soch uchun barcha kerakli vositalar bir qutida.

