GOWK ayollar uchun klassik 7/8 shim — kuz-qish mavsumida ofis va kundalik obrazlar uchun.
Yuqori bel bel chizig‘ini ta’kidlaydi, to‘g‘ri bichim va old qismidagi vertikal chiziqlar oyoqlarni vizual ravishda uzunroq ko‘rsatadi. 7/8 uzunlik to‘piq qismini ochib, obrazga nafislik beradi. Shimning tanada qanday uzunlikda turishi bo‘yingizga bog‘liq.
Mato yuzasidagi nozik tekstura modelga o‘ziga xos ko‘rinish beradi. Yashirin ilgakli taqilma, ichki yordamchi tugma va fermuar bel qismining saranjom ko‘rinishini saqlaydi. Yon cho‘ntaklar kundalik foydalanish uchun qulay.
Uch xil rang:
• Sut rang — nafis va muloyim obrazlar uchun.
• Kulrang — vazmin ofis uslubi uchun.
• To‘q ko‘k — klassik va kundalik kombinatsiyalar uchun.
Shimni ko‘ylak, bluzka, vodolazka yoki jemper bilan uyg‘unlashtirish mumkin. Pidjak va palto bilan ham chiroyli ko‘rinadi.
O‘lcham tanlashda jadvaldagi bel va son aylanasi hamda shim uzunligini o‘z o‘lchovlaringiz bilan solishtiring. Parvarishda mahsulot yorlig‘idagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

