Ushbu rangdagi ayollar xudisi yuqori sifatli sintetik flis va "teddy" matosidan tayyorlangan bo‘lib, sovuq havo o‘tkazmaydi va tanani issiq saqlaydi. Mahsulot to‘liq uzunlikdagi metall zamok (chaqmoq), ikkita funksional yon cho‘ntak va bosh qismini sovuqdan himoya qiluvchi keng kaput bilan jihozlangan. Tikuvlarining mustahkamligi uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlaydi.
Kundalik faoliyat, sayr qilish va uy sharoitida kiyish uchun juda mos keladi. Old qismidagi cho‘ntaklar kerakli mayda buyumlarni olib yurish imkonini bersa, zamokli dizayni uni tez kiyish va yechishni osonlashtiradi. Erkin bichimi harakat erkinligini ta’minlaydi.
Ushbu kiyimni tanlash orqali siz qulaylik va zamonaviy ko‘rinishni bir vaqtning o'zida qo'lga kiritasiz. Sovuq mavsumda issiqlik yetishmasligidan tashvishlanmaysiz va har doim o'zingizni erkin xis etasiz.

