CACHAREL Amor Amor — yangi va nihoyatda hissiyotlarga boy xushbo‘y hid bo‘lib, mevali akkordlar va nozik gullar notalarining hashamatli uyg‘unligidir. 2003-yilda yaratilgan ushbu kompozitsiya mualliflari — Laurent Bruyere va Dominique Ropion. Sevgi tuyg‘usidan ilhomlangan bu aroma, sevgini hayot mazmuni deb biladigan ayollar qalbidan joy olgan.
Yuqori notalar boy sitrus akkordlari bilan ochiladi. Mandarin, apelsin va greypfrutning uyg‘un sadosi bergamot hamda qora smorodina bilan yanada jozibador tus oladi.
Yurak notalarida bahor gullari nafis ochiladi. Hissiyotli oq liliya, nozik marvaridgul (landish), nafis yasmin va hashamatli atirgul mayin o‘rik nafasi bilan o‘ralgan.
Asosiy notalarda mushk, sandal, amber va tonka dukkaklarining ehtirosli shleyfi jaranglaydi. Nafis vanilli yakunda yog‘ochsimon akkordlar yaqqol seziladi.
CACHAREL Amor Amor — bu haqiqiy vasvasa quroli. U o‘ziga rom etadi, maftun qiladi va sevgi deb ataladigan tuyg‘u yo‘lida telbalarcha qadamlar tashlashga undaydi.
Tualet suvi yorqin qizil rangdagi noodatiy flakonda taqdim etilgan bo‘lib, uning jozibali dizaynida atirgul obrazi mujassam.

