• Xitoyda ishlab chiqarilgan
Xitoyda ishlab chiqarilgan Ayollar uchun mo‘ljallangan ushbu qora rangli bosonojkasi yoz mavsumi uchun ayni muddao hisoblanadi. Oddiy va zamonaviy dizayni tufayli kundalik hayotda, sayrda, ishda yoki mehmondorchilikda bemalol foydalanish mumkin. Oyoqqa qulay joylashadi va uzoq vaqt kiyilganda ham noqulaylik tug‘dirmaydi.
Sandalining yuqori qismi mustahkam va yumshoq materialdan tayyorlangan bo‘lib, oyoqni siqmaydi va terlatmaydi. Ochiq dizayn tufayli oyoq nafas oladi, bu esa ayniqsa yozgi issiq kunlarda juda muhim. Qora rang esa har qanday kiyim bilan oson moslashadi – ko‘ylak, shim, yubka yoki sport uslubidagi kiyimlar bilan ham chiroyli ko‘rinadi.
Orqa qismidagi tasma oyoqni mahkam ushlab turadi va yurishda sirpanishni oldini oladi. Tag qismi esa yengil va elastik bo‘lib, yurishni yanada osonlashtiradi. Kundalik foydalanish uchun juda mos variant hisoblanadi.
Bu model keng talabga ega bo‘lgan yozgi oyoq kiyim turiga kiradi. Ayniqsa issiq iqlim sharoitida qulayligi bilan ajralib turadi. Har xil yoshdagi ayollar uchun mos keladi.Yengil va qulay

