Nafis bordo rangli ayollar midi ko‘ylagi. Barbi matosidan tikilgan. Hajmli yenglar, chiroyli yoqa va oltin rangli bezakli ingichka belbog‘ ko‘ylakka o‘ziga xos ko‘rinish beradi. Orqa qismidagi korset bog‘ichi bel o‘lchamiga moslab kiyishni ta’minlaydi.
To‘y, banket, yubiley, korporativ tadbirlar va bayramona kechalar uchun ajoyib tanlov.