Bu qirq hadis to‘plami ayollarga xos dinimiz ta’limotlarini o‘z ichiga oladi. Unda ayol-qizlarning hayotida uchraydigan turli dolzarb masalalar tilga olinadi. Ibodatlar, oilaviy munosabatlar, axloq-odob mavzularidan tortib eng zaruriy ahkomlar haqida so‘z boradi. E’tiboringizga havola qilinayotgan bu kitobda ayollarga doir qirq hadisning arabcha matni, matnning o‘zbekcha tarjimasi va hadislarning qisqacha sharhi berilgan. Ushbu muborak to‘plam har bir ayolning qo‘lida bo‘lishi, uni o‘qib o‘rganishlari, ajridan umidvor bo‘lgan holda arabcha matnini yod olishlari, ma’nosini chuqur anglab, hayotlariga tatbiq qilishlari lozim. Ayniqsa otinoyilarimiz, diniy sohalarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarimiz mana shu hadislar asosida suhbatlar uyushtirishlari, ularni ta’lim va tarbiya uchun asos kilib olishlari mumkin.

