Qosh va yuz parvarishi uchun bitta trimmer
Pardozdan oldin qosh shaklini tartibga keltirmoqchimisiz yoki yuqori lab ustidagi mayin tuklarni qirqmoqchimisiz? SF-1012 trimmerida buning uchun kerakli kallakni o‘rnatish kifoya. Ikkala kallakning kesuvchi qismi 18 karatli oltin bilan qoplangan, yoritgich esa mayda tuklarni ko‘rishni osonlashtiradi.
Ikkita almashtiriladigan kallak
Kosmetichkaga osongina sig‘adi
Uzunligi 10,6 sm, og‘irligi 42 g bo‘lgan trimmerni uyda ishlatish ham, safarga olib ketish ham qulay. Himoya qopqog‘i saqlash vaqtida kallakni yopib turadi. Trimmer USB orqali quvvatlanadi va yoqilganda yoritgichi avtomatik yonadi.
Foydalanish va tozalash
Kerakli kallakni o‘rnating. Tuklarni toza, quruq terida trimmerni qattiq bosmasdan qirqing. Ishlatgandan keyin trimmerni o‘chiring, kallakni yeching va cho‘tka bilan tozalang.
Xususiyatlari
To‘plamda trimmer, dumaloq va ingichka kallaklar, himoya qopqog‘i, tozalash cho‘tkasi va yo‘riqnoma bor.

