Ayollar uchun tilla rangli "Pitsir" toʻqilishdagi zargarlik taqinchoqlar toʻplami (4 ta buyum birda)
Klassik uslub, nafislik va dabdaba — bitta toʻplamda!
Oʻzining goʻzalligi va mustahkamligi bilan mashhur boʻlgan klassik "Pitsir" (Kuba / Cuban link) toʻqilishidagi ushbu dabdabali taqinchoqlar toʻplami har bir ayolning zargarlik qutichasidagi eng sevimli buyumga aylanadi. Yorqin va jiloli tilla rang qoplamasi hamda zamonaviy toʻrtburchak qulflari toʻplamga alohida uslub va qimmatbaho koʻrinish bagʻishlaydi.
Endi har bir taqinchoqni alohida qidirib oʻtirish shart emas — ushbu toʻplam orqali toʻliq va mukammal obraz yaratishingiz mumkin!
📦 Toʻplam tarkibi (4 tasi 1 da):
Boʻyin uchun zanjir (Sepochka) — boʻyinda nafis va koʻrkam turadi.
Bilaguzuk (Braslet) — bilakni nozik koʻrsatuvchi zamonaviy zanjir.
Uzuk — barmoqda juda zamonaviy va bejirim koʻrinadi.
Bir juft sirgʻa — yuz tuzilishiga mos va yengil.
💡 Mahsulotning asosiy afzalliklari:
Toʻliq tayyor obraz: 4 ta buyum bir-biri bilan 100% mos keladi, ortiqcha taqinchoq tanlash tashvishidan xalos etadi.
Mustahkam "Pitsir" toʻqilishi: Halqalari zich joylashgan, chalkashib ketmaydi va uzoq yillar davomida koʻrinishini yoʻqotmaydi.
Premium koʻrinish: Sifatli va yaltiroq oltin rang qoplamasi sababli qimmatbaho oltin buymlaridan deyarli farq qilmaydi.
Qulay va xavfsiz qulf: Zamonaviy toʻrtburchak shakldagi ishonchli qulflar taqish va yechishni juda qulay qiladi.
Ideal sovgʻa tanlovi: Onangiz, ayolingiz, qizingiz yoki dugonangiz uchun bayramlarda taqdim etishga eng munosib sovgʻa!

