Kiyim oʻlchami: L-XL •
Rang: Jigarrang
AfzalliklariLosinlar juda zo‘r ekan, xaridimdan xursandman! 😍 Jigarrangini L-XL razmerda buyurtma qildim. Avvaliga razmeri to‘g‘ri kelarmikan deb biroz xavotir olgandim, lekin kiyib ko‘rganimda juda yaxshi mos tushdi. Rangi va naqshlari rasmdagidek, qomatda juda chiroyli turadi.
KamchiliklariMatosi yumshoq, elastik va tanaga yoqimli. Fitness va yoga mashg‘ulotlarida kiyib ko‘rdim, juda qulay ekan. Egilish, cho‘zilish va o‘tirib-turishda harakatga xalaqit bermaydi. Bel qismi yaxshi ushlab turadi, mashg‘ulot davomida pastga tushib ketmaydi.
IzohEng yoqqani, sport zalidan tashqarida ham kiyish mumkin. Oddiy qora futbolka yoki sport koftasi bilan juda chiroyli ko‘rinadi. Bir necha marta yuvdim, rangi ham, shakli ham o‘zgarmadi. Narxiga nisbatan sifati yaxshi, kutganimdan ham ko‘proq yoqdi. Qulay va chiroyli sport kiyimi izlayotgan qizlarga tavsiya qilaman. Sotuvchiga rahmat! ❤️🥰
Sotuvchining javobi
Fikringiz uchun rahmat. o‘lcham haqidagi fikringizni yangi kolleksiyalarni shakllantirishda inobatga olamiz.