

Ayollar uchun oq slipon-loafer baland platformada. Stjokali yuza, oltin rang zanjir bezak va yon tomonidagi rezinka — oyoqqa o'zi moslashadi, bog'ich kerak emas.
Baland platforma bo'yga qo'shadi, lekin poyabzalning o'zi yengil — kun bo'yi yurganda oyoq charchamaydi. Ichki qismi yumshoq astar bilan qoplangan.
Oq rang va sodda bichim har qanday kiyim bilan yarashadi: jinsi, shim, yubka yoki sport uslubidagi liboslar bilan bemalol kiyiladi.
XUSUSIYATLARI Materiali: eko-charm, stjokali yuza Bezagi: oltin rang zanjir Tagi: baland platforma, rezina Yopilishi: yon rezinka (bog'ichsiz) Rangi: oq Mavsum: bahor-kuz O'lchamlar: 36-40
O'LCHAM TANLASH Oyoq panjangiz uzunligini o'lchang: 36 - 23,0 sm, 37 - 23,5 sm, 38 - 24,0 sm, 39 - 24,5 sm, 40 - 25,0 sm. Oyog'ingiz keng bo'lsa, bir o'lcham kattasini tanlang.
PARVARISHI Oq poyabzalni nam latta bilan muntazam arting. Dog' tushsa darhol tozalang — keyin qiyin ketadi. Isitgich yonida quritmang.
Tovar kafolati: 6 oy. Yetkazib berish Uzum Market orqali.


