










Tyurbanning orqa qismi yig‘ma va hajmli shaklda tikilgan bo‘lib, sochni chiroyli yashiradi va boshga mukammal o‘rnashadi. Matosi yumshoq, yengil va teriga yoqimli bo‘lib, uzoq vaqt taqilganda ham noqulaylik tug‘dirmaydi. Boshni siqmaydi, shaklini yaxshi ushlab turadi va kundalik foydalanish uchun juda qulay.
Ushbu tyurban kundalik kiyimlar, klassik obrazlar hamda bayramona liboslar bilan juda yaxshi mos keladi. Ishga, mehmonchilikka, sayrga yoki tadbirlarga taqish uchun qulay tanlov bo‘la oladi. Har faslda kiyishga mos bo‘lib, boshni tartibli va chiroyli ko‘rinishda saqlaydi.

