Kiyim oʻlchami: XL •
Rang: Qora
AfzalliklariKo‘ylak juda zo‘r ekan! 😍 Buyurtma berganimda bunchalik chiroyli bo‘lishini kutmagandim. Kiyib ko‘rganimda juda yoqdi, qomatga ajoyib o‘tiradi, belni ingichka va chiroyli ko‘rsatadi. Matosi baxmalga o‘xshash, yumshoq, yaxshi cho‘ziladi va tanaga juda yoqimli. Ustidagi marvaridchalari ko‘ylakka o‘zgacha joziba berib turibdi, juda did bilan ishlangan.
Kamchiliklari-
IzohQora rangi esa yanada hashamatli ko‘rsatadi. Uzunligi ham aynan men xohlagandek, juda zamonaviy va chiroyli. Tug‘ilgan kunga kiyib bordim, hamma ko‘ylagimni maqtadi, hatto qayerdan olganimni so‘rashdi! 🥰 Narxiga nisbatan sifati juda yaxshi. Xaridimdan juda mamnunman, sotuvchiga katta rahmat! ❤️
Sotuvchining javobi
Fikringiz uchun rahmat. o‘lcham haqidagi fikringizni yangi kolleksiyalarni shakllantirishda inobatga olamiz.