• Bu atir o'zining nozikligini ko'rsatmoqchi bo'lgan, og'ir va o'tkir hidlarni yoqtirmaydigan, romantik obrazni sevuvchi ayollar va qizlar uchun yaratilgan.
Kundalik foydalanish uchun juda mos. Ishxonada, o‘qishda yoki sayrda odamlarning boshini og‘ritmaydigan darajada yengil.
O‘tkir spirt hidi sezilmaydi, aksincha, terida juda mayin va yoqimli "pudrali" ifor qoldiradi.
Bu atir uzoq masofaga taralmaydi, balki sizga yaqinlashgan insonlargagina seziladi. Shuning uchun ham u "Intimate" (shaxsiy, yaqin) deb nomlangan.
Parfumlangan suv bo‘lgani uchun, terida o‘rtacha 4-6 soat, kiyimlarda esa undan ham uzoqroq saqlanib turadi.

