Bugungi shiddatli zamonda kitob o‘qishga vaqt ajratish oson emas, lekin shunday kitoblar bo‘ladiki, mutolaaga ketgan vaqtingga yuz karra rozi bo‘lasan. Ayniqsa, inson kimdandir so‘rashga istihola qiladigan mavzu yoki holatni aynan kitobdan topsa, yana kitob mutaxassis tomonidan yozilgan bo‘lsa, qanday yaxshi.
Ushbu kitob shunday qadrli. Unda ayollar borasidagi istalgan savolga javob topasiz . U yoshga doirmi, ish yo ishq haqidami, oila yo farzandlar mavzusi bo‘lsin, er va ayol munosabatlari deysizmi, xullas, istalgan savolingizga professor Nevzat Tarxanning javoblari tayyor.

