"Chuqur mutafakkir iste’dodining birinchi darajali san’atkor iste’dodi bilan nodir va baxtli qo‘shilishi" - Maksim Gorkiy Svayg ijodini shunday ta’riflagan. Uning "kayfiyat novellalari," "keskin vaziyatlar novellalari"da o‘quvchi qahramonlar ortidan voqelik tuyg‘usini yo‘qotib, chuqur ruhiy kechinmalar dunyosiga sho‘ng‘iydi, his-tuyg‘ular haddan tashqari yalang‘ochlanadi.
Bu mash’um uchrashuvlar, taqdirlar evrilishlari haqidagi hikoyalar inson qalbining eng nozik sirlarini ochib beradi, ehtirosning halokatli kuchi oldida qanchalik himoyasiz ekanligimizni hayratlanarli darajada yorqin ko‘rsatib beradi.

