Kremning asosiy faol komponenti — 2.5% traneksamik kislota (TXA) bo‘lib, u pigmentatsiyani kamaytirishga yordam beradi va terining rangini tiniqlashtiradi. TXA teridagi melanin ishlab chiqarilishini nazorat qilib, dog‘larning asta-sekin yo‘qolishiga yordam beradi.
Shuningdek, tarkibida niatsinamid mavjud bo‘lib, u terining himoya qatlamini mustahkamlaydi, poralarni toraytiradi va yog‘ ajralishini muvozanatlashtiradi. Niatsinamid terini silliq va sog‘lom ko‘rinishga keltiradi.
Glutation esa kuchli antioksidant sifatida terini tashqi zararli omillardan himoya qiladi, rangni yorqinlashtiradi va sog‘lom glow effekt beradi.
Krem tarkibidagi gialuron kislotasi, seramidlar va pantenol terini chuqur namlantiradi, qurib qolishdan himoya qiladi va teri barrierini tiklaydi. Natijada teri yumshoq, elastik va sog‘lom ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Yengil va tez singadigan tekstura kunlik foydalanish uchun juda qulay. Krem yopishqoqlik qoldirmaydi va boshqa kosmetik vositalar bilan yaxshi moslashadi.
Afzalliklari:

