AXIS-Y Dark Spot Correcting Glow Serum – teri rangini bir tekis qilish va xiralikni kamaytirishga mo‘ljallangan parvarish vositasi. Serum tez singadi, yopishqoq his qoldirmaydi va kundalik skincare tartibiga oson qo‘shiladi.
Afzalliklari:
• Qora dog‘lar va akne izlari ko‘rinishini kamaytirishga yordam beradi
• Teriga tabiiy yorqinlik beradi
• Namlikni ushlab turishga yordam beradi
• Yengil gel-serum teksturasi
• Kundalik foydalanish uchun mos
Qo‘llash usuli:
Tozalangan yuzga oz miqdorda surtib, yengil urib singdiring. Ertalab va kechqurun qo‘llash mumkin. Kunduz kuni SPF bilan ishlatish tavsiya etiladi.

