• Teri turi: yog‘li, aralash, sezgir teri uchun
• Ta’siri: chuqur tozalash, namlantirish, tinchlantirish
• Tuzilishi: yumshoq ko‘pik, yengil tekstura
• Effekt: teshiklarni tozalaydi, yog‘ni kamaytiradi
• Xususiyati: terini quritmaydi, oq iz qoldirmaydi
• Mahsulot turi: yuz yuvish penka
• Brend: Axis-Y
• Ishlab chiqarilgan davlat: Janubiy Koreya
Ushbu tozalovchi penka ayniqsa yog‘li va aralash teri uchun juda mos bo‘lib, teshiklarni chuqur tozalaydi, ortiqcha yog‘ni kamaytiradi va terini yangilangan holatda qoldiradi. Zamonaviy formulasi terining tabiiy balansini buzmasdan samarali tozalashni ta’minlaydi.

Penka yengil va kremsimon ko‘pik hosil qiladi, bu esa yuzni shikastlamasdan tozalaydi. Tarkibidagi foydali komponentlar terini tinchlantiradi, qizarish va tirnashni kamaytiradi. Doimiy foydalanilganda teri yanada silliq, tiniq va sog‘lom ko‘rinishga ega bo‘ladi. Oqartiruvchi va yangilovchi effekt ham beradi.

Mahsulot sezgir teri uchun ham mos bo‘lib, terini quritmaydi va yopishqoq his qoldirmaydi. Makiyaj qoldiqlari, chang va kirlarni samarali olib tashlaydi. Kundalik foydalanish uchun ideal — ertalab va kechqurun ishlatish mumkin.
Axis-Y penka — Koreya kosmetikasining eng talabgir mahsulotlaridan biri bo‘lib, original sifat, samaradorlik va xavfsizlikni ta’minlaydi. Agar siz yuzingizni chuqur tozalaydigan, terini quritmaydigan va sog‘lom ko‘rinish beradigan vosita izlayotgan bo‘lsangiz, bu mahsulot siz uchun ajoyib tanlov.

